Python OOP

Python ko’p qirrali dasturlash tili bo’lib, u turli xil dasturlash uslublarini, jumladan, ob’ektlar va klasslardan foydalanish orqali ob’ektga yo’naltirilgan dasturlashni (OOP) qo’llab-quvvatlaydi.

Ob’ekt atributlari va xattiharakatlariga ega bo’lgan har qanday ob’ektdir. Misol uchun, it – bu ob’ekt. Unda quyidagi atributlar va xatti-harakatlar bor:

  • Atributlar – ism, yosh, rang va boshqalar.
  • Xatti-harakatlar – o’tirish, yotish va boshqalar.

Xuddi shunday, sinf bu ob’ekt uchun qolipdir.

Python klass va obyekt:

Natija:

Yuqoridagi misolda biz Dog nomi bilan ikkita name va age atributlarga ega klass yaratdik.

Keyin, biz Dog klassining namunalarini yaratamiz. Bu yerda dog1 va dog2 bizning yangi ob’ektlarimizdir.

Endi biz obyektning xususiyatlariga obyekt nomi, nuqta (.) va atribut nomi orqali murojat qilishimiz va uning qiymatini o’zgartirishimiz mumkin.

Klasslar va ob’ektlar haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Python klasslari va ob’ektlariga tashrif buyuring.

Python Inheritance (Vorislik):

Vorislik – bu mavjud klass xususiyatlarini o’zgartirmasdan foydalanish uchun yangi klass yaratish usuli.

Yangi tashkil etilgan klass hosila klass (yoki bola klass) deb ataladi. Avval mavjud bo’lgan klass esa asosiy klass (yoki ota klass) deb ataladi.

Pythonda vorislik tamoyilidan foydalanish:

Natija:

    Yuqoridagi misolda dog1 (dog klassining ob’ekti) Animal ota klass metodlariga va atributlariga kirishi mumkin. Buning sababi, Dog klassi Animal klassidan meros olgan.

    Python inheritance (Vorislik) haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Python Inheritance (Vorislik)ga tashrif buyuring.

    Yuqoriga